IIV Xalqaro aeroportlarda xavfsizlikni taʼminlash qoʻshinlariga qarashli Fargʻona shahridagi 7253-harbiy qismda harbiy xizmatchilar oʻrtasida xizmat intizomini mustahkamlash, korrupsiya va jinoyatchilikning oldini olish yuzasidan targʻibot tadbiri boʻlib oʻtdi. Tadbirda Fargʻona harbiy sudi raisi Sherzod Hoshimov, Respublika harbiy sudi sudʼyasi Akmaljon Bobonazarov, Fargʻona harbiy prokurorining oʻrinbosari, adliya podpolkovnigi Oybek Shermatov ishtirok etib, harbiy xizmatchilar orasida yuz berayotgan huquqbuzarlik holatlari haqida maʼlumot berdi. Bu kabi salbiy holatlarning oqibatlari misollar bilan tushuntirildi.

Farhod Erkinov, 

mayor.