IIV huzuridagi JIED Toʻrtinchi mintaqaviy muvofiqlashtirish markazi psixologik taʼminlash guruhi tomonidan 35-sonli manzil-koloniya xodimlari bilan “Psixologik omillar, stress va salomatlik” mavzusida yakka tartibda profilaktik suhbat oʻtkazildi.
Profilaktik suhbatlarda xodimlarda ish paytida ruhiy zoʻriqish qanday paydo boʻlishi, salomatlik va hayot uchun xavfi hamda qanday oqibatlarga olib kelishi tushuntirildi. Stress ishda yoki boshqa joyda oʻzaro obʼektiv, subʼektiv yoki ikkalasi ham “shaxsning atrof-muhitga mos kelmasligi” tufayli yuzaga kelishi boʻyicha tushunchalar berilib, bunday holatlardan chiqish usullari oʻrgatildi.
Shahzod OʻRINOV,
katta leytenant.
