Milliy gvardiya, favqulotda vaziyatlar, xalq taʼlimi va kasbiy taʼlimni rivojlantirish va muvofiqlashtirish Namangan viloyati boshqarmalari psixologlari hamda IIV Namangan akademik litseyi oʻquvchilari ishtirokida ana shu mavzuda seminar tashkil etildi. 

Tadbirda ishtirokchilar psixologiya sohasida keng uchrayotgan muammolar yuzasidan soʻz yuritdilar. Ayniqsa, yoshlar orasida ish mobaynida yuzaga kelayotgan stress holatlarining yechimiga eʼtibor qaratildi. Bundan tashqari, tashkilot va idora psixologlari shaxsni ahloqiy-ruhiy qoʻllab-quvvatlash, ularga samarali psixologik yordam koʻrsatish, sohada zamonaviy ilmiy metod va metodikalardan foydalanish yuzasidan oʻz bilim va malakalarini oshirdilar.

Tadbir davomida, viloyat tashkilot va idoralari orasida psixologiya sohasida hamkorlikni yoʻlga qoʻyish, kelajakda yetuk va munosib mutaxassislarni “Lider psixologlar” jamoasiga tanlab olish yuzasidan tanlov oʻtkazildi. Unda nomzodlarning keng tafakkuri, dunyoqarashini oʻrganish yuzasidan insho, “Taraqqiyot strategiyasi” yuzasidan test savollari olindi. 

Tadbir yakunida oʻz kasb-mahoratini koʻrsatib, faol ishtirok etgan psixologlar boshqarma rahbariyatining tashakkurnomalari bilan taqdirlandi.

Gulchehra BUVAMIRZAYEVA,

“Postda” muxbiri.

Namangan viloyati.