Jinoyat ishlari boʻyicha Paxtakor tumani sudi tomonidan oʻtkazilgan navbatdagi sayyor sudda ichki ishlar organlari probasiya xizmati nazorati ostida boʻlgan bir guruh shaxslarning jinoyat ishlari qayta koʻrib chiqildi. Mazkur jarayonda pushaymon va jazoni oʻtash tartiblariga qatʼiy amal qilgan 7 nafar mahkum shartli ravishda ozodlikka chiqarildi. Aksincha sud belgilagan qoida va meʼyorlarga boʻysunmagan 1 nafar shaxsning jazosi ogʻirrogʻiga almashtirildi.
Tadbir doirasida qayta jinoyatlarning oldini olishga qaratilgan targʻibot uyushtirildi.
Alijon ABDUSATTOROV,
“Rostda” muxbiri.
Jizzax viloyati.
