Oʻquvchi-yoshlarni vatanparvarlik, milliy qadriyatlarimiz va oʻzbek adabiy tiliga hurmat ruhida tarbiyalash maqsadida IIV Fargʻona akademik litseyida “Qadring baland boʻlsin, ona tilim!” shiori ostida “Til bilimdonlari” intellektual oʻyini oʻtkazildi.

Oʻquvchilar beshta shart boʻyicha bahslashdilar. Birinchi shart tanishtiruvda jamolar oʻzlarini tanishtirdilar.

Test sinovlari shaklida boʻlib oʻtgan ikkinchi shartda ona tili va adabiyot fani boʻyicha bilimli, iqtidorli oʻquvchilar saralab olindi.

Shuningdek, jamoalar nezkor savol-javob hamda erkin mavzular boʻyicha oʻz bilim va salohiyatini namoyish etishdi.

Tanlov gʻoliblari va faol ishtirokchilar munosib taqdirlandi.

Tadbir doirasida iqtidorli yoshlar tomonidan oʻzbek tilini ulugʻlovchi sheʼr va gʻazallar yoddan aytildi.

Abduvosit SIDIQOV,

“Postda” muxbiri.

Fargʻona viloyati.