Olingan tezkor maʼlumotlarga koʻra Gʻijduvon tumani “Pozagari” mahallasida yashovchi 1989-yilda tugʻilgan R.Q. hamda tumanning “Sharq” mahallasida yashovchi 1986-yilda tugʻilgan N.A.lar iqtisodiyot asoslariga qarshi jinoyatlar turkumiga kiruvchi-oʻtkazish maqsadida qalbaki bank biletlari (banknotlar), metall tangalar, aksiz markalar, shuningdek, qimmatli qogʻozlar yoxud chet el valyutasi yoki chet el valyutasidagi qimmatli qogʻozlar yasash yoki ularni oʻtkazish jinoyatini qasddan sodir etish bilan shugʻullanishgan. Xususan, ular oʻzaro oldindan jinoiy til biriktirib, gʻarazli yoki boshqa past niyatlarni koʻzlab, bir fuqaroga koʻp miqdordagi qalbaki 10000 AQSh dollarini 5000 AQSh dollariga sotishga kelishishadi.
DXX tuman boʻlimi, Departamentning Vobkent tuman boʻlimi hamda tuman IIB JQB xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida ushbu shaxslar ashyoviy dalillar bilan qoʻlga olindi. Mazkur holat yuzasidan jinoyat kodeksning tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi. Hozirgi kunda tergov harakatlari olib borilmoqda.
U.HAKIMOV,
kapitan.
Buxoro viloyati.
