“Navbahor – Karmana” yoʻnalishi boʻylab harakatlanib ketayotgan “Lasetti” haydovchisi J.F yoʻl-patrul xizmati inspektorining toʻxtash ishorasiga boʻysunmadi. U xodimlarning tezkor tadbiri natijasida Navoiy shahri chetida qoʻlga olindi. Shunda J.F.ning avtomashina boshqarish huquqini beruvchi hujjatlari yoʻqligi, buning ustiga mashina amakisiga tegishli ekanligi maʼlum boʻldi.
Avtoulov jarima maydonchasiga joylashtirilgandan soʻng esa haydovchi "Qalovini topsang, qor ham yonadi” qabilida ish tutib, yoʻl-patrul xizmati inspektoriga 500 ming soʻm pora taklif qildi. Buning evaziga mashinani jarima maydonchasidan chiqarishni hamda yengilroq huquqbuzarlik haqida bayonnoma rasmiylashtirishni iltimos qildi. Ammo u maqsadiga erisha olmadi. Qoidabuzarga nisbatan qonunda belgilangan tartibda chora koʻrildi.
Mahliyo XOLOVA,
“Postda” muxbiri.
Navoiy viloyati.
