Joylarda fuqarolar bilan yuzma-yuz muloqot qilish, koʻp yillardan buyon yechimini kutib turgan muammolarini oʻrganish va hal etish bugungi kun talabi.

Bu borada Qashqadaryo viloyati 3-sektor rahbariyati tomonidan bir qator ishlar amalga oshirib kelinmoqda.

Jumladan, Qashqadaryo viloyati IIB boshligʻining oʻrinbosari podpolkovnik Isroil Ximmatov Qamashi tumani “Nuroniylar maskani”da sektor rahbarlari ishtirokida sayyor qabul oʻtkazdi.

Sayyor qabulda fuqarolarning 34 ta m murojaatlari qabul qilindi. Murojaatlar asosini kommunal sohadagi elektr energiyasi taʼminoti, suyultirilgan gaz, yoʻllarni asfaltlashtirish, davolanish uchun tibbiy yoʻllanma olish, oʻzini oʻzi band etish uchun ish qurollari va moddiy yordam masalalaridan iborat boʻldi.

Qabul qilingan murojaatlardan 8 tasi ijobiy hal qilingan boʻlsa, oʻrganish uchun vaqt talab etadigan 24 murojaatlar ish yurituvga olinib, masʼullarga biriktirildi. 2 nafar fuqaroga huquqiy tushuntirish berilib, ayrim fuqarolarning sektor rahbariyatiga minnatdorchiligi ham maʼlumot uchun qabul qilindi.

Bu boradagi ishlar davom ettirilmoqda.


Qashqadaryo viloyati IIB Axborot xizmati