Namangan viloyati IIB shaxsiy tarkibi, OAV hamda jamoatchilik vakillari ishtirokida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining «Ichki ishlar organlarini xalqchil, professional tuzilmaga aylantirish va aholi bilan yanada yaqin hamkorlikda ishlashga yoʻnaltirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi qarorining mazmun-mohiyatiga bagʻishlangan matbuot anjumani boʻlib oʻtdi.
Tadbirda viloyat IIB Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash xizmati boshligʻi oʻrinbosari, podpolkovnik Najmiddin Xalilov, xotin qizlar masalalari boʻyicha oʻrinbosari, podpolkovnik Mahliyo Ubaydullaeva, maʼnaviy maʼrifiy ishlar boʻlimi bosh inspektori, podpolkovnik Fayzullo Hakimov, viloyat IIB Kasbiy tayyorgarlik boʻlimi boshligʻi, podpolkovnik Nuritdin Rahimov mazkur muhim hujjat ijrosini taʼminlash yuzasidan atroflicha tushunchalar berdilar.
Gulchehra BUVAMIRZAYEVA,
"Postda" muxbiri.
Namangan viloyati.
