Qashqadaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasida IIV Akademiyasi oʻqituvchilari tomonidan “Sayyor Akademiya” oʻquv dasturi asosida profilaktika (katta) inspektorlarining kasbiy bilim va koʻnimalarini oshirish boʻyicha oʻquv yigʻinlari tashkil etildi.

Sayyor oʻquv dasturiga asosan oʻtkazilgan onlayn oʻquv yigʻinlarida profilaktika inspektorlarining huquqiy bilim va kasbiy mahoratini oshirishga oid maʼruzalar tinglandi. Profilaktika inspektorlarining xizmat faoliyatini zamonaviy talablar asosida tashkil etish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi. Shuningdek, ishtirokchilarning sohaga doir huquqiy hujjatlar mohiyati va mamlakatimizda kechayotgan siyosiy-iqtisodiy, ijtimoiy islohotlarga oid bilimlari ham oshirildi.

Sayyor oʻquv mashgʻulotlarida davlatimiz rahbarining 2021 yil 26 martdagi “Jamoat xavfsizligini taʼminlash va jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasida ichki ishlar organlari faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga koʻtarish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi hamda 2021 -yil 29-noyabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Jamoat xavfizligi knsepsiyasini tasdiqlash va uni amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmonlarida belgilangan vazifalarga ham alohida eʼtibor qaratildi.

Oʻquv mashgʻulotlari davom etmoqda.

Gʻulomjon QARSHIYEV,

IIV Akademiyasi fakultet boshligʻi oʻrinbosari, podpolkovnik.