Toshkent viloyati IIBB hamda Oʻrta Chirchiq va Bekobod tumanlari IIB tezkor xodimlari tomonidan oʻtkazilgan navbatdagi tadbirlar davomida noqonuniy qimor oʻyinlari tashkil etilgan holatlar aniqlandi. 

 Xususan, Oʻrta Chirchiq tumanida 

34 yoshli Ars­lon Ashurov (ism-shariflar oʻzgartirildi) Toshkent yoʻli koʻchasida joylashgan umumiy ovqatlanish maskanidagi xonalardan birida 7 nafar shaxsga har bir oʻyin uchun 100 ming soʻm evaziga qimor oʻynash uchun sharoit yara­tib bergani maʼlum boʻldi. 

Tadbir davomida ishtirokchilardan jami 1 million 

600 ming soʻm pul va ashyoviy dalillar rasmiylashtirib olindi. 

Shuningdek, Bek­obod tumani­ning «Yangiovul» mahallasida 28 yoshli Mirzo Olimov tomonidan klaster dala maydonida pul tikish orqali xoʻroz urishtirish koʻri­nishidagi qimor oʻyinlari tashkil etilgani aniqlandi. 

Oʻyinga tikilgan 886 ming soʻm pul mablagʻi va 4 ta xoʻroz dali­liy ashyo sifatida rasmiylashtirib olindi. 

Mazkur holatlar yuzasidan Oʻrta Chirchiq tumanida 7 nafar, Bekobod tumanida esa 25 nafar shaxsga nisbatan MJtKning tegishli moddasiga asosan maʼmuriy chora koʻrildi. 

Har ikkala holat boʻyicha jami 

3 nafar tashkilot­chiga nisbatan 

Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi. 


Abror POYONOV, 

 katta mutaxassis-muxbir, katta serjant.

Toshkent viloyati.