Xorazm viloyatining Yangiariq tumanida oʻtgan yilda kriminogen vaziyatga koʻra “qizil” toifaga kirgan mahallalar muhokamasiga bagʻishlangan yigʻilish boʻlib oʻtdi. Unda mahalla fuqarolar yigʻini raislari, profilaktika inspektorlari, xotin-qizlar faollari, hokim yordamchilari hamda yoshlar etakchilari ishtirok etishdi.
Viloyat IIB boshligʻining oʻrinbosari, polkovnik Jahongir Saʼdullayev raisligida oʻtkazilgan mazkur yigʻilishda ushbu toifaga kiritilgan hududlarda sodir etilgan jinoyatlar va ularning kelib chiqishiga sabab boʻlgan omillar atroflicha muhokama etildi. Shundan soʻng, har bir hudud masʼullarining kun tartibidagi masalalar boʻyicha hisobotlari tinglandi.
Yigʻilish yakunida jinoyat hamda huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish hamda unga qarshi kurashish masalalari yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.
Xudoybergan JABBOROV,
oʻz muxbirimiz.
Xorazm viloyati.
