Urganch tumanidagi kriminogen vaziyat ogʻir boʻlgan “Oyoqbogʻ” mahallasida viloyat IIB rahbariyati tomonidan aholining murojaatlarini oʻrganish hamda amaliy yordam koʻrsatish maqsadida sayyor qabul oʻtkazildi. Baʼzi murojaatlar yechimini topish vakolatiga ega boʻlgan davlat idoralariga yuborildi.

Shundan soʻng mahallada Prezidentimizning “2025-yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori ijrosini taʼminlash boʻyicha amalga oshirilgan ishlar oʻrganildi. Boshqarma boshligʻi hamda sohaviy xizmatlar masʼullari mazkur qaror ijrosini taʼminlashga qaratilgan “Yoʻl xaritasi” bilan tanishgach, mahalla yettiligining bu boradagi hisobotlari eshitilib, fikr-mulohazalari tinglandi. 

Tadbir yakunida viloyat IIB boshligʻi, polkovnik Abdumajid Shermuxamedov kun tartibidagi masalalar yuzasidan tegishli topshiriqlar berdi.

Oʻz muxbirimiz.

Xorazm viloyati.