Toshkent shahar Sirgʻali tumani “Ziyokor” mahalla fuqarolar yigʻinida yashovchi Sh.Yu. Jizzax viloyatida oʻgʻirlikka qoʻl urdi. Ammo koʻp oʻtmay uning jinoyati fosh qilindi. Jazoga tortilishini sezgan ayblanuvchi qochib qoldi.

Shu bois jinoyat ishlari boʻyicha Jizzax viloyati Zarbdor tumani sudi tomonidan 2022 yilning 2 dekabrida ayblanuvchiga nisbatan qidiruv eʼlon qilindi. Tabiiyki, ichki ishlar organlari xodimlari qochoqni qonuniy javobgarlikka tortish choralarini koʻrdilar. Yaʼni Sh.Yu.ning poytaxtdagi yashirin manzili aniqlanib, qoʻlga olindi. Ayni vaqtda u hibsxonada.

Alijon ABDUSATTOROV,

“Postda” muxbiri.

Jizzax viloyati.