Firibgarlik yoʻli bilan oʻzgalarning mulkini oʻzlashtirib, bamaylixotir yashamoqchi boʻlganlar adashadi. Jumladan, Toshkent shahar Yunusobod tumanida yashovchi A.G. ham birovlarni chuv tushirgani uchun Qarshi shahar IIOFMB tomonidan tergovga jalb etilgandi. Ammo u aybiga iqror boʻlish oʻrniga, qochishni afzal bildi. Natijada unga nisbatan qidiruv eʼlon qilindi.

Viloyat IIB TQX xodimlari tomonidan olib borilgan qidiruv tadbirlari natijasida u Toshkent shahrida ushlanib, VSHga joylashtirildi.

Sodiq RAHIMOV,

“Postda” muxbiri.

Qashqadaryo viloyati.