IIV Xalqaro aeroportlarda xavfsizlikni taʼminlash qoʻshinlari qoʻmondonligida Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar organlari tashkil topganligining 30 yilligi hamda Ichki ishlar organlari xodimlari kuni munosabati bilan taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi.

Qoʻmondonlik rahbariyati, Islom Karimov nomidagi “Toshkent” xalqaro aeroportida xavfsizlikni taʼminlash boʻyicha alohida bataloni shaxsiy tarkibi ishtirok etgan tadbirda xizmat vazifasini sidqidildan bajarayotgan, oʻquv mashgʻulotlari va xizmatda safdoshlariga oʻrnak boʻlib kelayotgan bir guruh harbiy xizmatchilar Ichki ishlar vazirligining “Aʼlo xizmatlari uchun”, I, II va III darajali “Ichki ishlar organlarida benuqson xizmatlari uchun”, “Qoʻshin aʼlochisi” koʻkrak nishonlari, «Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligi» esdalik nishoni, esdalik sovgʻalar va pul mukofotlari bilan taqdirlandi. Mukofotlar qoʻshin qoʻmondoni, polkovnik SH. Xudoynazarov tomonidan tantanali vaziyatda topshirildi.

Shuningdek, xizmatni aʼlo darajada bajarayotgan, shaxsiy intizomi bilan safdoshlariga namuna boʻlib kelayotgan bir guruh askarlarga tashakkurnomalar topshirildi.

Oʻz muxbirimiz.