Qashqadaryo viloyati IIB boshligʻining tegishli buyrugʻiga asosan, “Qoʻngʻirtogʻ” dala poligonida ichki ishlar organlarining hududiy boʻlinmalari navbatchilik qismi hamda ichki ishlar organlari binosi qoʻriqloviga jalb etiladigan xodimlar bilan favqulodda vaziyatlarda jangovar qurollar va maxsus vositalarni qoʻllash, ularning texnik-taktik xususiyatlari, toʻliqsiz qismlarga ajratish hamda jangovar qurollardan oʻq otish boʻyicha amaliy mashgʻulotlar oʻtkazildi. Mashgʻulot davomida ishtirokchilarning merganlik mahorati baholab borildi, zaruriy tavsiyalar berildi.
Oʻquv mashgʻulotlar davom etmoqda.
Oʻz muxbirimiz.
Qashqadaryo viloyati.
