Qarshi shahridagi “Qoʻngirtogʻ” dala oʻquv maydonida respublika miqyosida “Dovyurak jangchi” intensiv sinovlari boʻlib oʻtmoqda. Davlatimiz rahbarining tegishli qarori ijrosini taʼminlash maqsadida oʻtkazilayotgan intensiv sinovlarda IIV Qorovul qoʻshinlari qoʻmondonligi hamda Xalqaro aeroportlarda xavfsizlikni taʼminlash qoʻshinlariga qarashli harbiy qismlarning harbiy xizmatchilari ishtirok etmoqda.

IIV Qorovul qoʻshinlari qoʻmondonining birinchi oʻrinbosari, polkovnik Ubaydulla Jabbarov tomonidan harbiy xizmatchilarga xavfsizlik choralariga qatʼiy amal qilish, jangovar ruh, matonat va shijoat bilan topshiriqlarni bajarish haqida kunlik sinovlar boshlanishidan oldin yoʻriqnoma oʻtilmoqda.

Harbiy xizmatchilar kompleks kuch mashqlari, 30 km masofaga piyoda yurish va yagona toʻsiqlar yoʻlagida umumiy nazorat mashqi, oʻqotar qurollardan amaliy otish va pichoq uloqtirish mashqlari boʻyicha sinovlarda qatnashishyapti.

Vazirlik tizimida xizmat qilayotgan harbiy xizmatchilarning kasbiy va jismoniy tayyorgarligini yuqori darajaga koʻtarishga xizmat qiluvchi tadbir davom etmoqda.

Oʻz muxbirimiz.