Samarqand viloyati Jomboy tumani Ichki ishlar boʻlimi huzuridagi tergov boʻlinmasi tergovchisi, kapitan Oybek Jamolov ana shu qoidaga amal qilgan holda xizmat olib bormoqda.

Oʻz ishiga masʼuliyat bilan yondashish bugun har bir ichki ishlar organi xodimi zimmasida turgan dolzarb vazifa hisoblanadi. Ayniqsa, tergov organlarida xizmat olib borish tergovchidan yetarlicha bilim va yaxshigina tajriba talab etadi.

Kapitan Oybek Jamolov har bir ishni oʻrganayotgan vaqtda, avvalo, uning qonuniyligiga, qolaversa ishning tub zamirida insonlar taqdiri yotganligini ham bir zum yoddan chiqarmaydi.

2017-yildan buyon tergov-surishtiruv tizimida xizmat qilib kelayotgan Oybek Jamolov muqaddam Bulungʻur tumanida ham samarali ish olib bordi.

Ayni damda kapitan Oybek Jamolov Jomboy tumanida qonun ustuvorligini taʼminlash, jinoyatlarning “issiq izida” ochish, asosiysi fuqarolarning qonuniy manfaatlarini himoya qilish borasida oʻz xizmat vazifasini davom ettirmoqda.