Doʻstlik tumanining “Sanoatchilar” mahallasida hokimlik, huquqni muhofaza qiluvchi organlar, tashkilot va korxonalar masʼullari hamda mahallalar beshliklari ishtirokidagi yoshlar bandligini taʼminlash va ularning tadbirkorlikka oid tashabbusini qoʻllab-quvvatlash masalalariga bagʻishlangan yigʻilish oʻtkazildi. Mazkur jarayonda yoshlar tomonidan sodir etilgan qonunbuzarliklar tahlil qilinib, huquqbuzarlik va jinoyatlarning oldini olish choralari belgilandi.
Tadbirda viloyat IIB boshligʻi, general-mayor Gʻayrat Qodirov va boshqa mutasaddilar qatnashdi. Shuningdek, mahalla yoshlari ishtirokida stol tennisi, shaxmat va shashka musobaqalari hamda yosh sanʼatkorlarning konserti uyushtirildi.
Alijon ABDUSATTOROV,
oʻz muxbirimiz.
Jizzax viloyati.
