Urganch shahar IIOFMB osoyishtalik posbonlari pirotexnika mahsulotlarining noqonuniy muomalasiga qarshi kurashish boʻyicha bir qator tezkor tadbirlarni amalga oshirib kelmoqda.
Jumladan, yaqinda mazkur hududdagi “Toʻmaris” savdo markazi yonidan oʻtayotgan xonqalik J.M. ichki ishlar organlari xodimlarida shubha uygʻotadi.
Shundan soʻng, unga tegishli boʻlgan sumka xolislar ishtirokida koʻzdan kechirilganida, uning ichida 10 ta qadoqda “Treniya” nomli jami 5 ming 500 dona pirotexnika vositalari borligi maʼlum boʻldi.
Shu boisdan, mazkur holat boʻyicha J.M.ga nisbatan belgilangan tartibda qonuniy chora koʻrildi.
Xudoybergan JABBOROV,
“Postda” muxbiri.
