«Xos» mahallasida ya­shovchi Sh.A.ning bank plastik kartasidan 8 million soʻm pul mablagʻi yechib olinadi. Jabrlanuvchining murojaati asosida olib borilgan tezkor saʼy-harakatlar natijasida mazkur mablagʻ poytaxtimizda istiqomat qiluvchi M.T.ning lombarddagi qarzini yopish uchun oʻtkazilgani maʼlum boʻladi. Surishtiruv davomida M.T. bu ishni qilmaganini aytib, lombarddan bir necha tanishlari uchun oʻzining nomiga qarz olib berganini maʼlum qiladi. Ushbu jinoyat katta tergovchi, kapitan Shahobiddin Sulaymonov tomonidan tergov qilinib, aybdorlar qilmishiga yarasha jazo olishdi. 

Boʻlim tergovchilari – katta leytenantlar Abror Nurmatov va Shohrux Mahkamov, 

surishtiruvchilar – katta leyte­nantlar Samandar Abdumutalov va Asliddin Nasriddinovlar qidiruvdagi 6 nafar shaxsning yashirinib yurgan manzilini aniqlab, ularga nisbatan jinoyatga jazo muqarrarligini taʼminlashda munosib hissa qoʻshishdi.

Mixli SAFAROV,

oʻz muxbirimiz.

Toshkent viloyati.