Qorovul qoʻshinlariga qarashli 7552-harbiy qismda mazkur qismga biriktirilgan “Jasorat maktabi” oʻquvchilari ishtirokida “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri tashkil etildi. Tadbir doirasida yoshlar harbiy sanʼat namunalarini tomosha qildilar, harbiy xizmatchilarning kundalik faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.

Shuningdek, Vatanga sadoqat, yurtga muhabbat va jasorat tuygʻularini mustahkamlashga qaratilgan maʼnaviy-maʼrifiy suhbatlar oʻtkazildi. Yetuk malakali harbiy xizmatchilar tomonidan oʻtkazilgan ushbu suhbatlarda Davlat Madhiyasining mamlakat suvereniteti, birlik va milliy gʻurur ramzi sifatidagi oʻrni alohida taʼkidlandi.

Tadbir “Davlat Madhiyasi — xalqning ruhiy kuchi, milliy gʻurur va mustaqillik timsoli” shiori ostida oʻtkazilib, yoshlarning harbiy xizmatga qiziqishini oshirish va ularda vatanparvarlik tuygʻularini kuchaytirishga xizmat qildi.