Shoʻrchi tumanidagi “Xushchekka” mahallasida yashovchi Zebo Saidova (ism-sharifi oʻzgartirildi)ning bir bosh qoʻyi yoʻqoldi. 

Tungi vaqtda nomaʼlum shaxs qoʻrasidan 1,5 million soʻmlik qoʻyni oʻgʻirlab ketadi. Ertasi kuni qoʻyining yoʻqolganini payqagan Zebo opa tuman IIBga murojaat qiladi. Koʻrilgan choralar natijasida ushbu oʻgʻirlikni tumanning “Laylakxona” mahallasida yashovchi R.Naimov sodir etgani aniqlandi. 

Ashyoviy dalil olingach, R.Naimovga nisbatan jinoiy ish qoʻzgʻatildi. 

Feruza RAHMONQULOVA,

oʻz muxbirimiz.

Surxondaryo viloyati.