Oʻgʻil-qizlarni ona Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalash, ularni ichki ishlar organlari xodimlarining sharafli xizmat faoliyati bilan yaqindan tanishtirish maqsadida Quvasoy shahar IIBda ochiq eshiklar kuni tashkil etildi.

Shu kuni bir guruh yoshlar boʻlimga tashrif buyurib, xodimlarning xizmat faoliyati, boʻlimning moddiy-texnik bazasi, bu yerda tashkil etilgan «Vatanparvarlik burchagi» hamda kutubxona bilan yaqindan tanishdilar.

Huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish, fosh etish, tergov-surishtiruv, ekspert-kriminalistika, xavfsiz turizmni taʼminlash boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida maʼlumot berildi.

Sohada qoʻllanilayotgan raqamli texnologiyalar va maxsus vositalar koʻrgazma tarzida namoyish qilingani ham yoshlarda katta qiziqish uygʻotdi.

Yigit va qizlar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga soha mutaxassislaridan javoblar olishdi.

Abduvosit SIDIQOV,

Oʻz muzbirimiz.

Fargʻona viloyati.