Qorakoʻl tumanining 3-sektoriga qarashli “Quvvacha” mahallasi hududidagi isteʼmolchilarni sifatli elektr energiyasi bilan taʼminlashda qator muammolar mavjud edi.
Aholi murojaatlariga asosan, sektor rahbari boshchiligidagi ishchi guruh aʼzolari murojaatni joyiga chiqqan holda oʻrgandi. Mahalla hududidagi quvvati 160 kilovatt boʻlgan 1 dona transformator 250 kilovattlisiga almashtirilishi natijasida isteʼmolchilarning elektr taʼminoti sifati yaxshilandi.
Sh.HAYITOV,
podpolkovnik.
Buxoro viloyati.
