Buxoro tumani IIB probatsiya guruhi va jinoyat ishlari boʻyicha Buxoro tuman sudi hamkorligida “Rabotak” mahallasida sayyor sud oʻtkazildi. Sud majlisida tuzalish yoʻliga oʻtgan 8 nafar fuqaro jazodan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod etildi. Shuningdek, jazodan boʻyin tovlab kelayotgan 2 nafar shaxsning jazo turi ogʻirrogʻiga almashtirildi.

Shundan soʻng, Buxoro tumani IIB boshligʻi tomonidan probatsiya hisobida turgan yoshlar bilan profilaktik suhbat oʻtkazildi. Ularning muammolari oʻrganildi.

Mirzo AHADOV,

oʻz muxbirimiz.

Buxoro viloyati.