Sayxunobodda mahalla raislarining oʻrinbosarlari ishtirokida yigʻilish boʻlib oʻtdi.
Unda Sayxunobod tumani Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boʻlimi boshligʻining birinchi oʻrinbosari Oʻ.Burxanova, tuman Targʻibot guruhi rahbari I.Xadiyarova, tuman IIB HPB Xotin-qizlar masalalari boʻyicha katta inspektori, mayor M.Narmuratovalar 2022-yil davomida amalga oshirilishi lozim boʻlgan ishlar yuzasidan maʼlumot berishdi. Yigʻilishda "Ayollar daftari" boʻyicha oʻtkazilayotgan xatlov, "oila-turmush" doirasidagi huquqbuzarliklar, shuningdek xotin-qizlar orasida huquqbuzarlik va jinoyatlarning oldini olish borasida hamkorlikda amalga oshirilishi lozim boʻlgan chora-tadbirlar toʻgʻrisidagi tadbirlar belgilab olindi.
Abdurahmon MUSTAFOQULOV,
“Postda” muxbiri.
Sirdaryo viloyati.
