Ayni kunlarda viloyat ichki ishlar organlari xodimlari chegara hududlari, bozorlar, savdo markazlari, koʻngilochar maskanlar hamda taʼlim muassasalarida pirotexnika vositalari bilan bogʻliq qonunbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan reydlar oʻtkazishmoqda. Natijada bugungacha 89 ta qonunbuzarlik aniqlanib, huquqbuzarlardan qiymati 127 million 318 ming soʻmlik pirotexnika vositalari olingan.
Oʻz navbatida, 1 kishi jinoiy javobgarlikka tortilgan. Shuningdek, 69 ta maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilib, 12 million 700 ming soʻm miqdorida jarima jazosi qoʻllanilgan. 19 ta holat boʻyicha toʻplangan hujjatlar sudlarga oʻtkazilgan.
Alijon ABDUSATTOROV,
oʻz muxbirimiz.
Jizzax viloyati.
