Namangan viloyati shahar va tumanlar IIB HPB boshliqlari va xotin-qizlar masalalari boʻyicha inspektorlari ishtirokida tanqidiy yigʻilish oʻtkazilib, viloyat hududida ayollar tomonidan sodir etilayotgan jinoyatchilik ahvoli, yoʻl qoʻyilayotgan kamchiliklar muhokama etildi.
Joriy yilning oʻtgan davri mobaynida profilaktik tadbirlar tashkillanishiga qaramay, xotin-qizlar tomonidan jinoyatlar sodir etilayotgani tanqidiy tahlil qilindi.
Kelgusida xotin-qizlar oʻrtasidagi huquqbuzarlik hamda ular bilan bogʻliq salbiy holatlarning oldini olishga qaratilgan muhim chora-tadbirlar belgilandi.
Oʻz muxbirimiz,
Namangan viloyati.
