Peshku tumani “Guliston” mahallasida yashovchi fuqaro X.I. bir fuqaroni aldab, unga tegishli boʻlgan 1980-yilda ishlab chiqarilgan “Mersedes-Bens” rusumli avtotransport vositasiga oʻrnatish mumkin boʻlmasada, vakolatli tanishlari orqali suyultirilgan gaz uskunasi oʻrnatishga tegishli ruxsatnomani olib bermoqchi boʻlib, buning uchun 750 AQSh dollari talab qildi. Departamentning Qorovulbozor hamda Shofirkon tumanlari boʻlimi va DXXning Romitan tumanlararo boʻlinmasi xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida X.I. talab qilingan pulning 700 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
M.AHADOV,
oʻz muxbirimiz.
Buxoro viloyati.
