Ijodiy kechaning bosh maqsadi osoyishtalik posbonlariga yuksak ehtirom koʻrsatish, xodimlarda vatanparvarlik tuygʻusini yanada yuksaltirish va ularning oila aʼzolariga quvonch ulashishdan iborat. Shu bilan birga, tadbirning muhim jihatlaridan biri – xizmat vazifasini bajarish chogʻida mardlarcha halok boʻlgan xodimlarning oila aʼzolarini maʼnaviy hamda moddiy qoʻllab-quvvatlashga qaratilgani boʻldi.
Sahnada vatanparvarlik va sadoqatni, tinchlikning qadrini ulugʻlovchi kuy-qoʻshiqlar yangradi. El suygan taniqli sanʼatkorlar, estrada yulduzlari hamda isteʼdodli xonandalar oʻzlarining eng sara ijod namunalarini tuhfa etishdi. Shuningdek, bayram dasturidan joy olgan taniqli soʻz ustalarining chiqishlari, hazil-mutoyibalarga boy sahna koʻrinishlari barchaga xush kayfiyat bagʻishladi.
Bu kabi maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar kelgusida soha xodimlarining jangovar ruhini va xizmat samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.
Abror POYONOV,
katta serjant.
