Qashqadaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasida boshqarma tarkibiy boʻlimlari va sohaviy xizmatlari xodimlari bilan saf koʻrigi oʻtkazildi.
Davlatimiz mustaqilligining 34 yilligi bayramini munosib kutib olish va oʻtkazish maqsadida tashkil etilgan saf koʻrigida shaxsiy tarkibning bayramlar kunlarida kunlik xizmat davomida xizmat kiyimini kiyib yurish qoidalariga rioya etishlari, aholi bilan xushmuomalada boʻlishi toʻgʻrisida yoʻriqnoma oʻtildi.
Soʻngra, shaxsiy tarkibning shaxsiy buyumlari, gigiena vositalari, safda turish, harbiycha salomlashish va harakatlanish koʻnikmalarini boyitish uchun amaliy mashgʻulotlar oʻtkazildi.
Oʻz muxbirimiz
