Andijon viloyati IIBda Yangi yil bayramlari va qishki xizmat libosiga oʻtish munosabati bilan shaxsiy tarkibdagi xotin-qizlarning anʼanaviy saf koʻrigi boʻlib oʻtdi.

Saf koʻrigi chogʻida xizmat libosi kiyishning belgilangan qoidalariga rioya etilishi, farqlovchi belgilar, emblema va shevronlarning muvofiqligi tekshirildi.

Saf koʻriklarini oʻtkazish intizom saqlanishiga xizmat qilib, shaxsiy tarkibda saf tayyorgarligi koʻnikmalarini shakllantiradi, namunali tashqi koʻrinishni hamda xodimlarning tezkor-xizmat vazifalarini bajarishga shayligini taʼminlaydi.

Saf koʻrigi shaxsiy tarkibning jamoat tartibini saqlash va fuqarolar xavfsizligini taʼminlash, jinoyatlar va boshqa noqonuniy xatti-harakatlarning oʻz vaqtida oldini olish hamda ularga chek qoʻyishga tayyorlik darajasini aniqlash maqsadida har yili oʻtkaziladi. Bundan koʻzlangan asosiy maqsad saf koʻnikmasi darajasini, xizmat majburiyatlarini bajarishga tayyorlikni aniqlash, shuningdek, xodimlar oʻrtasida vatanparvarlik, masʼuliyat va intizom tuygʻularini yuksaltirishdan iborat.

B. Kleyman.