KUN QAHRAMONI

Yurt osoyishtaligi yoʻlida beminnat xizmat qilib kelayotgan safdor Ergashev Akbar Asqarovich 1988-yilning 14-dekabrida Qashqadaryo viloyatining Qarshi tumanida tugʻilgan. 2008-yilda Qarshi qishloq xoʻjalik kollejini muvaffaqiyatli tamomlaydi.

Ichki ishlar organlari tizimidagi ilk xizmat faoliyatini 2009-yilda viloyat IIB Patrul-post xizmati va jamoat tartibini saqlash boshqarmasi patrul-post xizmati bataloni birinchi otryad militsioneri lavozimida boshlagan bu yigit oʻtgan davr mobaynida soha sir-asrorlarini mukammal egallab, hozirda Patrul-post xizmati va jamoat tartibini saqlash boshqarmasi saf boʻlinmalari ikkinchi otryadi haydovchi-xodimi lavozimda samarali xizmat qilib kelmoqda.

Bundan tashqari, doimo oʻz ustida tinimsiz izlanadigan fidoyi xodim joriy yil boshidan hozirga qadar, 150 nafardan ortiq fuqaroning shaxsini aniqlash maqsadida hududiy IIBlarga olib bordi hamda jamoat joylarida mast holatda yurgan 12 nafar shaxsga nisbatan maʼmuriy bayonnomalar rasmiylashtirdi.

Shuningdek, yurtimizdagi karantin qoidalarini buzgan 32 nafar fuqaroni aniqlash bilan birga, 3 ta jinoyatni ham “issiq izida” fosh etilishiga erishdi.

Shu boisdan, faoliyati davomida yuqori natijalarni qoʻlga kiritib kelayotgan safdor Akbar Ergashevning xizmatlari rahbariyat tomonidan ham ijobiy baholanib, koʻplab marotaba ragʻbatlantirib kelinmoqda.

Mixli SAFAROV,

“Postda” muxbiri.