Kun qahramoni
1992 yilda Andijon viloyatining Xoʻjaobod tumanida tavallud topgan. Ichki ishlar organlarida 2014 yildan buyon xizmat qiladi.
Hozirda K.Muxtorov Andijon viloyati IIB Patrul-post xizmati va jamoat tartibini saqlash boshqarmasi karantin tadbirlarini taʼminlash guruhi safdor xodimi. U viloyat Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda olib borilgan profilaktik tadbirlar chogʻida Buloqboshi tumanidagi «Kulla» dehqon bozorida qariyb 110 kilogramm ogʻirlikdagi isteʼmolga yaroqsiz mol goʻshti antisanitariya sharoitida sotilayotganini aniqladi. Mazkur mahsulotni yoʻq qilish toʻgʻrisidagi hujjat rasmiylashtirildi.
– Safdor Kamoliddin Muxtorov oʻz xizmat majburiyatiga katta masʼuliyat bilan yondashadi, – deydi viloyat IIB PPX va JTSB karantin tadbirlarini taʼminlash guruhi komandiri, katta serjant Burxonjon Roʻzmatov. – Yaqinda u Andijon shahridagi Yangi bozorda goʻsht rastalarini tekshirish vaqtida 27 kilogramm isteʼmolga yaroqsiz goʻsht sotilayotganini aniqlashga oʻz hissasini qoʻshdi.
Boris KLEYMAN.
Andijon viloyati.
Suratda: safdor Kamoliddin Muxtorov xizmat paytida.
