Oʻtmish va kelajak haqida oʻylab, kamroq tashvishlaning. Chunki bunday hayollar xavotir va bezovtalikni chaqirib, bu esa asab tizimi bilan bogʻliq muammolarni keltirib chiqaradi. 

Tananing barcha aʼzolari faol ishlayotgan boʻlsa, ularni zoʻriqishdan asrang, vaqti-vaqti bilan ular ham dam olsin. Shunda salomatlik holatingiz doimo meʼyorida boʻladi. 

Unutmang, ortiqcha taom va ichimlik isteʼmoli tana holati va salomatligiga salbiy taʼsir qiladi. 

Qorin toʻliq toʻymasdan oldin ovqatlanishni toʻxtating, chunki toʻyganlik haqidagi signal miyaga kechroq yetib boradi. Tamaddidan soʻng sayr qilishga odatlaning. Uyqudan oldin hech narsa yemaslikka harakat qiling.

Kam-kamdan, ammo tez-tez ovqatlaning. Shunda ovqat hazm qilish jarayoni meʼyorda kechadi va hazm qilish aʼzolari ortiqcha zoʻriqmaydi. 

Taom isteʼmoliga kirishishdan oldin chuqur nafas olib, koʻproq havo yuting.

Hamisha samimiy tabassum qilishni, kayfiyatni koʻtarinki darajada ushlashni va qalbni mehr-muhabbat bilan boyitishni unutmang. Bu har qanday kasallik profilaktikasidir. 

Gulchehra AZIMOVA tayyorladi.