Fargʻona shahrida joylashgan vazirlik huzuridagi JIED Ikkinchi mintaqaviy hudud 10-son tergov hibsxonasida hamkor tashkilotlar ishtirokida yuqumli kasalliklarni oldini olish hamda aniqlanganda amalga oshiriladigan chora-tadbirlarga bagʻishlangan koʻrgazmali oʻquv mashgʻuloti oʻtkazildi.

Oʻquv mashgʻulotida Fargʻona viloyati SSB masʼul xodimlari bilan birgalikda oʻquv qarorlari hamda maxsus texnikalarni jalb etgan holda hibsxona xodimlari va maxsus kontingent bilan nazariy va amaliy oʻquv mashgʻuloti oʻtkazildi.

Mashgʻulotning nazariy qismi davomida, xodimlarining tibbiy bilimlari oshirilib, ularga qish mavsumida turli yuqumli kasalliklarni keltirib chiqaruvchi omillar, yuqumli kasalliklar chetdan kirib kelishi va tarqalishini oldini olish hamda shaxshiy himoya vositalaridan foydalanish va kasallikni izolyatsiya qilish boʻyicha profilaktik chora-tadbirlar yuzasidan koʻnikmalar berildi. 

Hamkor tashkilotlar bilan favqulodda vaziyatlarni oldini olish boʻyicha yuzaga kelishi mumkin muammolar va ularni bartaraf etish choralari boʻyicha soha mutaxassislarining maʼruzalari tinglanib, xodimlarning bilim va kasb koʻnikmalari oshirildi. 

Oʻquv mashgʻulot yakunida hibsxona xodimlariga masʼul xodimlar tomonidan yuqumli kasalliklarni oldini olish yuzasidan tayyorlangan qoʻllanmalar tarqatildi.