Oʻz vaqtida oʻtkazilagan tibbiy koʻrik doimo sogʻlom boʻlib yurish imkoniyatini yaratadi. Ayniqsa, xalqimiz tinchligi va osoyishtaligini saqlashda kunu-tun xizmat qilayotgan ichki ishlar organi xodimlarining salomatligini saqlash maqsadida oʻtkaziladigan tibbiy tadbirlar ayni muddaodir. Navoiy viloyat IIB Tibbiyot boʻlimida chuqurlashtirilgan tibbiy boʻlib oʻtdi. Ikki kun davomida oʻtkazilgan koʻrikda Ichki ishlar vazirligi Tibbiyot boshqarmasi Markaziy Gospitali, Markaziy poliklinikasi va “Oʻzbekiston” sanatoriysining malakali tor mutaxassis shifokorlari ishtirok etdi.

 “Salomatlik poyezdi” nomi bilan boshlangan bu xayrli ish dastlab shahar hududlarda soʻng tumanlar boʻylab yoʻlga qoʻyildi. Ayni paytda faoliyat yuritayotgan xodimlar bilan bir qatorda ularning oila aʼzolari hamda nafaqaga chiqqan xodimlar ham tekshirildi. Chuqurlashtirilgan tibbiy koʻrik davomida jami 352 nafar xodim tibbiy koʻrikdan oʻtkazildi, shulardan 27 nafariga statsionar sharoitda davolanish va 107 nafariga ambulator sharoitida davo muolajalarini olish tavsiya etildi.

Tibbiy koʻrik davomida jami 32 ta birlamchi kasallik aniqlandi. Shuningdek, Navoiy shahri va Karmana tumanidagi xizmat vaqtida tan jarohati olib, sogʻligi tufayli nogironlik olgan 5 nafar xodimlar holidan xabar olindi. Ularga kerakli dori-darmon, kerakli tavsiyalar berildi. Xodimlarda EKG va kardivizer, rentgenoskopiya oʻtkazildi. 

Navoiy viloyati IIB Tibbiyot boʻlimi poliklinikasida koʻrik jarayonida xodimni laborator tekshiruvlari, qon tahlillari qilindi. 



Mahliyo XOLOVA,

“Postda” muxbiri.

Navoiy viloyati.