Yaqinda IIV Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash departamenti boshligʻining oʻrinbosari, polkovnik Hamza Maxsumov tomonidan Navoiy viloyati IIB sohaviy xizmatlari hamda shahar-tuman IIB boshliqlariining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosarlariga planshetlar topshirildi.

Kelgusida xodimlarning har tomonlama bilim-salohiyatga ega boʻlishlarida, qisqa vaqtda katta natijalarga erishishda mazkur aloqa qurilmasi samara berishi shubhasiz. Gap shundaki, IIV masʼul xodimi, mayor Azamat Nurullayev taʼkidlaganidek, planshet orqali xodimlarga bir kun, hafta hamda yil davomida amalga oshirilishi lozim boʻlgan ishlar tushuntiriladi.

 Shuningdek, mazkur qurilmadan samarali foydalanish boʻyicha yoʻriqnomalar oʻtildi. Undan foydalanganda maxfiylik qoidalariga rioya qilinishi lozimligi uqtirildi.

Mahliyo XOLOVA,

“Postda” muxbiri.

Navoiy viloyati.