Birozdan soʻng avtomashina egasi ulovi oʻrnida yoʻqligini koʻrib, tezda bu haqda ichki ishlar organiga xabar qildi. Qidiruv ishlari natijasida, shu kunning oʻzida avtoulov tumandagi avtomashinalarga texnik xizmat koʻrsatish ustaxonalaridan biridan topildi. Ustaxona egasining aytishicha, uni haydab kelgan yigit mashina buzilib qolgani uchun taʼmirga olib kelganini aytib, soʻngra uyidan pul olib kelish bahonasida ustadan taksi uchun 100 ming soʻm pul qarz ham olib ketgan.
Yaqin atrofdagi videokuzatuv kameralaridagi yozuvlar oʻrganilishi natijasida koʻp vaqt oʻtmasdan «uchar yigit» qoʻlga olindi.
Beruniy tumani IIB JXX Yoʻl harakati xavfsizligi boʻlinmasi xodimlari tomonidan tuman hududida yoʻl-transport hodisalarining oldini olish, harakat xavfsizligini taʼminlash, shuningdek, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish borasida qator ishlar amalga oshirib kelinmoqda. Oʻtgan yili tumanda avtohalokatlar soni birmuncha kamaydi.
Azamat PIRNIYAZOV,
oʻz muxbirimiz.
