Jizzax viloyati Paxtakor tumani IIBda hududiy ichki ishlar boshqarmalari va boʻlimlari hamda sohaviy xizmatlar boshliqlarining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash xizmati boʻyicha oʻrinbosarlari ishtirokida soha vakillarining 2021 yildagi faoliyati tahliliga bagʻishlangan yigʻilish boʻlib oʻtdi. Mazkur tadbirda maʼnaviy-maʼrifiy sohada ichki ishlar organlari bilan yaqindan hamkorlik qilayotgan Zafarobod tumani maʼnaviyat va maʼrifat markazi rahbari Saodat Inatovaga Ichki ishlar vazirining buyrugʻi asosida “Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar aʼlochisi” koʻkrak nishoni topshirildi.
Alijon ABDUSATTOROV,
“Rostda” muxbiri.
Jizzax viloyati.