Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumani “Yangihayot” mahalla fuqarolar yigʻini hududida yashovchi X.U. ichki ishlar organlariga murojaat qilib, oʻzi ishlaydigan Samarqandquduq suv isteʼmolchilari uyushmasi tarkibidagi fermer xoʻjaligi dalasidan bozor narxi 4 million soʻmlik 2 bosh oti oʻgʻirlanganligini bildirgan.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, olib borilgan tezkor qidiruv tadbirlari natijasida ushbu jinoyat “Samarqandquduq” mahalla fuqarolar yigʻinida istiqomat qiluvchi N.A. hamda “Yaxtanlik” mahalla fuqarolar yigʻinida yashovchi D.E. tomonidan sodir etilgani aniqlandi. Shuningdek, ushbu shaxslarning Samarqandquduq suv isteʼmolchilari uyushmasi tarkibidagi fermer xoʻjaligi dalasidan Doʻstlik tumanining “Bogʻzor” mahalla fuqarolar yigʻinida yashovchi F.X.ga tegishli qiymati 6 million 200 ming soʻmlik bir bosh otni gum qilganliklari ayon boʻldi. Ayblanuvchilarga qamoq ehtiyot chorasi qoʻllanilgan.
Alijon ABDUSATTOROV,
“Postda” muxbiri.
Jizzax viloyati.
