Oʻzbekiston Respublikasi IIV Xalqaro aeroportlarda xavfsizlikni taʼminlash boʻyicha qoʻshinlariga qarashli Fargʻona shahridagi 7253-harbiy qismda shartnoma asosida harbiy xizmatda qolish istagini bildirgan 2023 yil chaqiruvidagi muddatli harbiy xizmatchilar saralash sinovlarida ishtirok etdilar. Ular jismoniy, maʼnaviy-maʼrifiy, psixologik yoʻnalishlar boʻyicha sinovlar topshirdilar. Barcha sinovlardan muvaffaqiyatli oʻtganlar kelgusida qoʻshinimiz tarkibida kontrakt asosida harbiy xizmatni davom ettiradigan boʻlishdi.
Farhod ERKINOV,
mayor.
