Uzoq oʻtmishga ega qadimiy va navqiron Shahrisabz shahridagi Oqsaroy majmuasi doimo sayyohlar bilan gavjum.

Shu sababli ham bu yerga kelayotgan mehmonlarning xavfsizligini taʼminlash, ular bilan bogʻliq jinoyat va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish boʻyicha viloyat IIB Xavfsiz turizmni taʼminlash boshqarmasi xodimlari tomonidan bir qator saʼy-harakatlar olib borilmoqda.

Jumladan, ularni kutib olish, joylashtirish, turistik yoʻnalishlar boʻylab joylashgan ovqatlanish shoxobchalari, doʻkonlar, turistlar borishi koʻzlangan madaniy meros obidalari, muzeylar, boshqa sayyohlik obʼektlari va ularga tutash hududlarda jamoat tartibi namunali saqlanayotir.

Shu boisdan ham joriy yilning oʻtgan davri mobaynida mazkur hududga tashrif buyurayotgan sayyohlar xavfsizligi taʼminlanib, koʻngilsiz holatlarga yoʻl qoʻyilmadi. Bu esa, sayyohlarning yurtimiz haqidagi ijobiy fikrlarining yanada mustahkamlanishida muhim poydevor boʻlib xizmat qilmoqda.

Shahzod NOSIROV,

katta leytenant.