Xiva shahrida oʻtkazilgan xalqaro etnosport festivali ishtirokchisi, janubiy koreyalik Kim Yon viloyat IIB Xavfsiz turizmni taʼminlash boshqarmasi xodimlariga murojaat qilib, oʻziga tegishli boʻlgan fuqarolik pasportini ehtiyotsizlik oqibatida yoʻqotib qoʻyganligini bildirgan. Sohaviy xizmat xodimlarining tezkor saʼy-harakatlari natijasida ushbu fuqarolik pasporti Urganch xalqaro aeroportida tushirib qoldirilgani aniqlandi Kim Yonga topshirildi.
Shu kuni boshqarma xodimlari “Ichan qalʼa” hududida unutib qoldirilgan ozarbayjonlik festival ishtirokchisi Sh.Abdullohga tegishli boʻlgan “Samsung” rusumli uyali aloqa telefonini ham topib, oʻz egasiga qaytardi.
Xorijiy sayyohlar boshqarma xodimlarining xizmat faoliyatini alohida eʼtirof etib, ularga minnatdorlik bildirdi.
Xudoybergan JABBOROV,
oʻz muxbirimiz.
Xorazm viiloyati.
