Hududlardagi muammolarni bevosita oʻrganish, ularni ijobiy hal etish hamda odamlarni bugungi kunidan rozi qilish maqsadida Fargʻona viloyati IIB rahbariyati tomonidan olis va chekka hududlarda muntazam tarzda sayyor qabullar tashkil etilmoqda.

Jumladan, yaqinda ham Bagʻdod tumani “Konizar” mahalla fuqarolar yigʻinida tashkil etilgan navbatdagi qabulda ham 19 nafar fuqaroning murojaati tinglandi. 

Uning aksariyati ichki ishlar organlari faoliyati bilan bogʻliq boʻlgani uchun 7 tasi shu joyning oʻzida yechim topdi. Shuningdek, 3 tasiga huquqiy tushuntirishlar berilib, koʻrib chiqish vaqt talab etadigan murojaatlar esa alohida nazoratga olindi.

Abduvosit SIDIQOV,

oʻz muxbirimiz.

Fargʻona viloyati.