Qorakoʻl tumani IIB probatsiya guruhi nazorati ostidagi shaxslar bilan sayyor qabul oʻtkazildi. Unda jazodan ozod qilishni soʻrab murojaat qilgan 17 nafar tuzalish yoʻliga oʻtgan, qilmishidan chin koʻngildan pushaymon boʻlgan, mehnatga ijobiy yondashib, jazoni oʻtash tartib-qoidalariga qatʼiy amal qilib kelayotgan nazorat ostidagi shaxs Jinoyat kodeksining 73-moddasiga asosan jazodan muddatidan ilgari ozod qilindi. Aksincha, oʻziga tegishli xulosa chiqarmasdan, jazodan boʻyin tovlab kelgan 1 nafar nazoratdagi shaxsning jazosi ozodlikdan mahrum qilish jazosiga almashtirildi. Shuningdek, sayyor qabulda ish soʻrab murojaat qilgan 2 nafar nazorat ostidagi shaxsning bandligi taʼminlandi.
H. SHODIYEV,
podpolkovnik.
Buxoro viloyati.
