Jizzax viloyati IIB boshligʻining Baxmal tumanida oʻtkazgan sayyor qabulida koʻtarilgan masalalarni hal qilish choralari koʻrilmoqda. Jumladan, “Istiqlol” mahallasiga 55 dona elektr ustuni oʻrnatildi. Shuningdek, istiqlollik Husniddin Qurbonovga kredit ajratilishida yordam koʻrsatildi. Natijada u tadbirkorlik faoliyatini yoʻlga qoʻyib, 4 ta ish oʻrni yaratdi.
Alijon ABDUSATTOROV,
oʻz muxbirimiz.
Jizzax viloyati.
