Xalqaro xotin-qizlar kuni Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasida ham koʻtarinki ruhda nishonlandi. Unda ichki ishlar organlarida xizmat qilib kelayotgan ayol xodimlar, xizmat vazifasini bajarish vaqtida halok boʻlgan xodimlarning oila aʼzolari va sohaning faxriy ayollariga ehtirom koʻrsatildi.
Ichki ishlar vazirining buyrugʻiga asosan, xotin-qiz xodimlarning 1 nafari “Aʼlo xizmatlari uchun”, 5 nafari “Ichki ishlar organlarida benuqson xizmatlari uchun” koʻkrak nishonlari, 2 nafari faxriy yorliq va 2 nafari esdalik qoʻl soatlari bilan taqdirlandi. Bundan tashqari, viloyat IIB boshligʻining tegishli buyrugʻiga bilan barcha xodimalarga pul mukofoti hamda viloyat IIB birlashgan kasaba uyushmasi kengashining esdalik sovgʻalari topshirildi.
Feruza RAHMONQULOVA,
"Postda" muxbiri.
Surxondaryo viloyati.
